10:01 22 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Zaderjaniye prestupnika

Peterburgda oʻzbekistonlik talaba oʻlimidan soʻng universitet prorektori hibsga olindi

TSOS FSB RF
Hodisalar
Havola olish
775 0 0

Oliygoh prorektori kompaniya xodimlaridan tozalash ishlarini amalga oshirishlari uchun 50 ming rubldan kam boʻlmagan miqdorda pora olgan.

TOSHKENT, 7 fev — Sputnik. Sankt-Peterburgda Tergov qoʻmitasi xodimlari Davlat kimyo-farmatsevtika universiteti prorektorini hibsga olishdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Tadbir bino tomidagi muz boʻlagi qulab tushishi oqibatida halok boʻlgan oʻzbekistonlik talaba ishi yuzasidan oʻtkazilgan.

Xabarda qayd etilishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari  bino tomini qor va muz boʻlaklaridan tozalash ishlari bilan "Ventformat" kompaniyasi shugʻullanganini aniqlashadi. Tashkilot xodimlari oʻz vazifalari vijdonan bajarishmagan, oliygoh prorektori esa ish jarayonini nazorat qilmagan.

Bundan tashqari, oliygoh prorektori  kompaniya xodimlaridan tozalash ishlarini amalga oshirishlari uchun 50 ming rubldan kam boʻlmagan miqdorda pora olib, shartnoma tuzganligi aniqlandi.

Prorektorga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining mansabga sovuqqonlik bilan qarash va pora olish moddari bilan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. Hozirda ehtiyot chorasi qoʻllash masalasi hal qilinmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Peterburgda kimyo-farmatsevtika universiteti binosi ustidan muz boʻlagi qulab tushishi oqibatida 23 yoshli oʻzbekistonlik talaba halok boʻlgani haqida xabar bergandik.

Asosiy mavzular