TOSHKENT, 11 fev — Sputnik. Toshkentda Amir Temur 1-tor koʻchasi 6-uyda joylashgan maʼmuriy binoda yongʻin sodir boʻldi, deb xabar qildi poytaxt IIBB matbuot xizmati.
“Bugun, 11 fevral kuni soat 8.30da Amir Temur shoh koʻchasi 6 uyda joylashgan maʼmuriy binodagi yongʻin haqida xabar keldi. Yongʻin xavfsizligi xodimlarining tezkor harakati bilan olov bir necha daqiqani oʻzida bartaraf qilindi”, - deyiladi xabarda.
Koʻrsatilgan manzilda, xususan, "Toshshahartransxizmat" OAJ kompaniyasi ofisi joylashgan.
Xabarda yozilishicha, yongʻin natijada maʼmuriy binosining tomini 60 kv.m. maydoni yonib ketgan.
Dastlabki xabarga koʻra, yongʻin sababi - elektr kabel qisqa tutashuvi. Hozirda mutaxassislar zarar miqdori aniqlashmoqda.