10:08 22 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Jenщina pokupayet lekarstva v apteke

Oʻzbekistonga noqonuniy sotilgan insulin: Qozogʻistonda tekshiruv boshlandi

Sputnik / Igor Zarembo
Hodisalar
Havola olish
263 0 0

Sogʻliqni saqlash vazirligi va Korruptsiyaga qarshi kurash milliy byuro ichki tekshiruvlarni boshlashdi.

TOSHKENT, 11 fev – Sputnik. Qozogʻiston milliy xavfsizlik qoʻmitasi Oʻzbekistonga insulin noqonuniy sotilishi holati boʻyicha tekshiruv boshladi. Bu haqda sogʻliqni saqlash qoʻmitasi vakili Lyudmila Byurabekova maʼlum qildi. Sputnik Qozogʻiston xabariga asosan.

“Ha, biz Milliy xavfsizlik qoʻmitasiga murojaat qildik. Ular mustaqil ravishda ushbu preparatni tashqariga olib chiqib ketilishi holati boʻyicha tekshiruv oʻtkazishmoqda. Haqiqatdan ham, bu dorilar 2018 yilda bepul tibbiy yordam berish maqsadida “Farmatsiya” kompaniyasi tomondan harid qilingandi”, - dedi Byurabekova.

Uning soʻzlariga koʻra, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Korruptsiyaga qarshi kurash milliy byuro ichki tekshiruvlarni boshlashdi.

Tekshiruv natijalari haqida qoʻshimcha axborot beriladi.

2019 yilda yanvar oyida insulin Qozogʻistondan chet elga chiqib ketganligi maʼlum boʻldi. Qozogʻiston Sogʻliqni saqlash vazirligi Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligiga soʻrovnoma yubordi.

Bundan avval qozogʻistonlik  qandli diabet bilan kasallangan fuqarolar dori yetishmayotganligi haqida shikoyat qilishgan.

2018 yil boshidan Uralsk farzandlari qandli diabet bilan kasallangan bolalarning onalari insulin dorisi yetkazib berilishida muammolar haqida murojaat qilgandi. Uning soʻzlariga koʻra, yetishmayotgan dorilarni “qora” bozordan sotib olishga majbur boʻlishgan.

Viloyat sogʻliqni saqlash idorasi rahbariyati bu muammoni rad etishdi. Biroq Sogʻliqni saqlash vazirligi teshiruv oʻtkazishga qaror qildi.

Asosiy mavzular