19:00 23 Aprel 2019
Efir
  • RUB131.53
  • EUR9554.57
  • USD8455.37
Avtomobil skoroy pomoщi

Tyumenda migrantlarni olib ketayotgan mikroavtobus "Mersedes"ga toʻqnashdi, qurbonlar bor

© Sputnik / Natalya Seliverstova
Hodisalar
Havola olish
Men - migrantman. Yangi loyiha (69)
19010

Mehnat muxojirlariga yordam berish xalqaro assotsiatsiyasi YTH bilan bogʻliq barcha xarajatlarni, shu jumladan, Oʻzbekiston fuqarolari jasadlarini vatanga qaytarish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashini maʼlum qilgan.

TOSHKENT, 12 fev - Sputnik. 11-fevral kuni Tyumen – Xanti-Mansiysk trassasida yuz bergan yoʻl-transport hodisasida uch nafar Oʻzbekiston fuqarosi jabrlandi, deb xabar qildi Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati.

Yekaterinburg shahridagi (Rossiya) Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi xabar qilishicha, yuz bergan avariyada ikki nafar oʻzbekistonlik halok boʻlgan, bir nafari Tyumen shahrining 2-sonli shahar shifoxonasiga yetkazilgan.

1984-yilda tugʻilgan Shuhratbek Toshkentboyev va 1983 yilda tugʻilgan Baxtiyor Sayaxmedov YTH oqibatida vafot etganlar.

1976 yil tugʻilgan Kurvonjon Mirzaaxmedov esa jarohat olgan.

"Standart plyus" MCHJ Mehnat muhojirlariga koʻmaklashish xalqaro assotsiatsiyasi (ishga qabul qiluvchi firma) maʼlumotiga koʻra mehnat faoliyatini amalga oshirish ruxsatini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish uchun 20 ta yoʻlovchi bilan (barchasi Oʻzbekiston fuqarolari) Tobolsk shahridan Tyumen shahriga yoʻl olgan “Mercedes” rusumli mikroavtobus yuk avtomashinasi bilan toʻqnashgan.

Mikroavtobusdagi qolgan 17 nafar fuqaro jarohatlanmagan va keyinroq oʻz hujjatlarini rasmiylashtirib, Tobolsk shahriga qaytib kelgan.

Mehnat muxojirlariga yordam berish xalqaro assotsiatsiyasi YTH bilan bogʻliq barcha xarajatlarni, shu jumladan, Oʻzbekiston fuqarolari jasadlarini vatanga qaytarish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashini maʼlum qilgan.

Bosh konsulxona tomonidan oʻzbekistonliklarga amaliy yordam koʻrsatish uchun tegishli tashkilotlar bilan doimiy aloqa oʻrnatilgan.

Mavzu:
Men - migrantman. Yangi loyiha (69)

Asosiy mavzular