09:47 22 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00

YTH: ayol kishini urib, qochib ketgan haydovchi qidirilmoqda

© Fotolia / Jan H. Andersen
Hodisalar
Havola olish
470 0 0

Piyoda oʻlimiga sabab boʻlgan haydovchi qidirilmoqda.

TOSHKENT, 12 fev – Sputnik. Piyoda oʻlimiga sabab boʻlgan haydovchi qidirilmoqda. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, 11 fevral kuni Namangan viloyatining Chust tumanida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi. Natijada bir kishi halok boʻldi.

Hozircha shaxsi nomaʼlum haydovchi aniqlanmagan avtomashinada Chust tumani “Zarafshon” MFY hududidan oʻtuvchi yoʻlining 41-km.da piyoda, “Mirzaobod” MFYda yashagan 35 yoshli Oʻ.T. ismli ayolni urib yuborgan.

YTH yuz bergach, voqeadan joyidan qochib ketgan.

Natijada Oʻ.T. jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan va koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shu yerda vafot etgan. Ushbu yoʻl-transport hodisasini sodir etgan nomaʼlum haydovchini aniqlash va ushlash choralari koʻrilgan.

“Hurmatli fuqarolar, agar orangizda kimda-kim ushbu shaxs va avtomashina haqida biron-bir maʼlumotga ega boʻlsa, ichki ishlar organlarining xodimlariga yoki “102” telefon raqamiga qoʻngʻiroq qilib, xabar berishingizni soʻraymiz”, deyiladi xabarda.

Asosiy mavzular