Surxondaryoda “Lasetti” ishini “bosdi-bosdi” qilish uchun pora bergan fuqaro qo‘lga olindi

Obuna bo‘lish
Surxondaryoda qonunbuzar “Lasetti” yonib ketganiga ishontirish uchun bojxonachilarga pora taklif qildi.

TOShKENT, 12 fev – Sputnik. Surxondaryoda qonunbuzar “Lasetti” yonib ketganiga ishontirish uchun bojxonachilarga pora taklif qildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Mertviy chelovek na asfalte - Sputnik O‘zbekiston
YTH: ayol kishini urib, qochib ketgan haydovchi qidirilmoqda

“Fuqaro J.F. respublikamizga xorijiy avtotransport vositasi hisoblangan “Lasetti” avtomashinasini olib kirar ekan, bu jarayonda mamlakatimiz hududidan qayta olib chiqib ketish majburiyatini zimmasiga oladi. Lekin, bu majburiyatni bir zumda unutib, ushbu avtomashinani ehtiyot qismlarga bo‘laklagan holda 1700 AQSh dollariga sotib yuboradi”, - deyilgan xabarda.

Xabarda aytilishicha, bundan bir necha yillar muqaddam yonib ketgan boshqa bir “Lasetti” kuzovini ko‘rsatgan holda davlat bojxona xizmati organlari xodimlarini ushbu avtomashinaning go‘yoki yong‘in oqibatida butunlay yonib ketganiga ishontirishga urinadi.

“Tabiiyki, sinchkovlik bilan o‘tkazilgan tekshirishda uning sodir etgan huquqbuzarligi fosh bo‘lgach, ushbu shaxs vaziyatdan chiqishning boshqa yo‘llarini izlashga tushadi. Ya’ni, ushbu holatni “bosdi-bosdi” qilish uchun bojxona xodimiga 400 AQSh dollari pora taklif qiladi”, - deyilgan bojxona qo‘mitasi xabarida

Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu shaxs bojxona xodimiga taklif qilingan poraning 300 dollarni berayotgan vaqtida Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi tezkor xodimlari hamda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Surxondaryo viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda voqea joyida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0