02:20 11 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Shevron sotrudnika Ministerstva vnutrennix del Uzbekistana

Toshkentda IIBB xodimi shafqatsiz kaltaklandi

uznews.uz
Hodisalar
Havola olish
1606 0 0

IIB xodimini kaltaklargan fuqarolar 5 yildan 8 yilgacha qamalishi mumkin.

TOSHKENT, 17fev – Sputnik. Toshkentda kafeda IIBB xodimini shafqatsiz kaltaklagan toʻrt nafar fuqaro qoʻlga olindi, deb xabar qilmoqda Uznews nashri.

Huquqni saqlash organlaridan olingan xabarga koʻra, 15 fevral kuni soat 20:30 atrofida  “Karimbek” oshxonasida 32, 32, 33 va 39 yoshli 4 nafar fuqarolar mast holatda IIB xodimini shafqatsizlarcha kaltaklashgan.

Antiterroristicheskiye ucheniya spetsnaza UFSB i UMVD Rossii
© Sputnik / Igor Zarembo

Buning oqibatida 37 yoshli IIB xodimi  bosh miya ogʻir lat yeyishi, chakka tomon gematomasi, bosh chanogʻining orqa suyagi sinishi diagnozi bilan Respublika Tezkor tibbiyot markaziga yotqizilgan.

Ushbu ish yuzasidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 104 moddasi 2 boʻlimi 2 qismi asosida (ogʻir jarohat yetkazish, bezorilik) bandi boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. JKning ushbu moddasiga koʻra, ayblanuvchilarga 5 yildan 8 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.

Soʻnggi vaqtlarda OAVda IIB yoki YPX xodimlariga boʻlayotgan hujumlar haqida xabarlar tez-tez paydo boʻlayotganini afsus bilan qayd etish lozim. Umid qilamizki tergov jarayonida ushbu holatlar sinchikov tekshirilib aybdorlar qonun oldida javob beradi. 

Asosiy mavzular