01:20 23 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
V Tashkente zaderjali raneye sudimogo ugonщika

Toshkentda avtomobil oʻgʻrisi qoʻlga olindi

Press-slujba GUVD Tashkenta
Hodisalar
Havola olish
707 0 0

Avtotransport vositasini oʻgʻirlash - Jinoyat kodeksining 267 moddasi 1 boʻlimiga asosan 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

TOSHKENT, 24 fev – Sputnik. Kecha 23 fevral kuni soat 14:50da ichki ishlab boʻlimiga Salavat N, ismli fuqaro murojaat qilib, Olmazor tumanida Farobiy koʻchasida kimdir uning avtomobilini oʻgʻirlab ketganini xabar qilgan, IIBB matbuot xizmatiga asosan.

Shahar IIB hamda Milliy gvardiya xodimlari tomonidan koʻrilgan tezkor choralar natijasida, Toshkent shahrining Mirzo ulugʻbek tumani hududida “Kobalt” rusumli avtomobil toʻxtatilgan va uning haydovchisi qoʻlga olingan.

Avtomobilni oʻgʻirlagan 26 yoshli fuqaro Fargʻonalik Baxtiyorjon K. Boʻlib chiqqan. U kafeda unga orqasi bilan oʻtirgan fuqaro Salavat N.ning choʻntagidan avtomobil kalitini oʻgʻirlagani aniqlangan.  

Ushbu ish yuzasida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267 moddasi 1 boʻlimi (avtotransport vositasini oʻgʻirlash) bandi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Asosiy mavzular