12:34 15 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Nasiliye

Rashk qurboni: Fargʻonada erkak turmush oʻrtogʻini umriga zomin boʻldi

© sputnik Tabыldi Kadыrbekov
Hodisalar
Havola olish
822 0 0

Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston tumanida yashovchi fuqaro mast holda uyida rashk tufayli birga yashagan turmush oʻrtogʻi bilan janjallashdi.

TOSHKENT, 10 mar — Sputnik. Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston tumanida yashovchi fuqaro turmush oʻrtogʻining bosh va yuz qismlariga urib-tepib jarohat yetkazdi.

Oʻzbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining maʼlum qilishicha, 2019 yil 9 mart kuni Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston tumanida yashovchi fuqaro mast holda uyida rashk oqibatida birga yashagan turmush oʻrtogʻi G.Gʻ.(ismli ayol)ning bosh va yuz qismlariga urib-tepib jarohat yetkazgan.

Natijada jabrlanuvchi kasalxonaga keltiriladi. Biroq koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan ayol kasalxonada vafot etadi.

Taʼkidlanishicha, jinoyatchi qoʻlga olingan va holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular