08:57 26 Mart 2019
Efir
  • RUB129.09
  • EUR9488.13
  • USD8378.04
Mujchina s nojom

Toshkent viloyatida oʻgʻil mast holda otasining qotiliga aylandi

© kaluganews
Hodisalar
Havola olish
473 0 0

Fuqaro spirtli ichimlik isteʼmol qilib, oʻzaro janjal sabab otasiga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

TOSHKENT, 14 mar – Sputnik. Toshkent viloyatining Olmaliq tumanida fuqaro otasiga pichoq bilan jarohat yetkazdi.

Oʻzbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar qilishicha, 2019 yil 11 mart kuni Olmaliq tumanidagi Parvoz koʻchasida yashovchi V.Z. uyida birga yashagan otasi S.Z. bilan birga spirtli ichimlik isteʼmol qilib, oʻrtalarida kelib chiqqan oʻzaro janjal sabab V.Z. otasiga pichoq bilan jarohat yetkazganligi koʻrsatilgan.

Natijada jarohatlanga fuqaro kasalxonaga yotqizilib, koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. Jinoyatchi qoʻlga olingan.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Angren shahrida ayol mast holda 26 yoshli tanishini pichoqlagani haqida xabar qilgan edik.

Asosiy mavzular