02:55 14 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Uzcard

Bank xodimlari fuqarolarning plastik kartochkalaridagi pullarini oʻgʻirlagani fosh boʻldi

© Xalq soʻzi
Hodisalar
Havola olish
473 0 0

Xorazm viloyatida bankning bir guruh mansabdor shaxslari ushbu bank mijozi hisoblangan 15 nafar fuqarolarning bank plastik kartochkalaridagi pullarni 2 yil davomida oʻzlashtirib kelgan.

TOSHKENT, 19 mar - Sputnik. Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi banklardan birining bir guruh mansabdor shaxslari ushbu bank mijozi hisoblangan 15 nafar fuqarolarning bank plastik kartochkalaridagi pullarni oʻzlashtirib kelgan. Bu haqda Xorazm viloyat IIB matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda yozilishicha, mazkur mansabdor shaxslar 2 yil davomida jami uch million soʻmdan ortiq pullarni mijozlarning login va parollaridan foydalangan holda talon-taroj qilib kelgan. 

Mijoz ishonchini oqlay olmagan yuqoridagi bank xodimlariga nisbatan Oʻzbekiston JK 169-moddasi 3-qismi (“Oʻgʻirlik”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular