Rossiyada o‘g‘irlangan Toyota Camry O‘zbekistonda to‘xtatib qolindi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishKompaniya Toyota otzivayet rad avtomobiley iz-za neispravnosti
Kompaniya Toyota otzivayet rad avtomobiley iz-za neispravnosti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Navoiy” Chegara-nazorat punktida o‘g‘irlangan avtomobilni boshqarib kelayotgan Rossiya fuqarosi qo‘lgan olindi.

TOShKENT, 24 mar — Sputnik. O‘zbekiston Davlat Bojxona qo‘mitasi mutaxassislari “Navoiy” nazorat tekshiruv punktida Rossiyada o‘g‘irlangan avtomobilni boshqarib kelayotgan Rossiya fuqarosini to‘xtatib qolishdi, deb xabar qilmoqda IIV matbuot xizmati.

“Navoiy” chegara-nazorat postida Bojxona qo‘mitasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor choralar natijasida, Rossiya fuqarosi boshqarib kelayotgan avtomobil Toyota Camry oldin Rossiya hududida o‘g‘irlangani aniqlandi. Haydovchi qo‘lga olindi. Bojxona qo‘mitasi tomonidan jinoyat ishi ochildi. Tergov ishlari olib borilmoqda”, - deyilgan xabarda.

Ushbu ish yuzasidan Rossiya Federatsiyasining tegishli organlariga ma’lumotnoma yuborilgan.

20 mart kuni Toshkent yaqinidagi "G‘ishtko‘prik" chegara-nazorat punktida Rossiyadan o‘g‘irlangan Hyundai to‘xtatib qolingani haqida xabar bergan edik. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda avtomobil o‘g‘irlash jinoyati uchun 5  yildan 20-yilgacha qamoq jazosi beriladi.

Yangiliklar lentasi
0