20:04 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Hodisalar
Havola olish
40810

Joriy yil boshidan beri tergov va suddan qochib yurgan 9 kishi Rossiyadan Toshkentga yuborildi.

TOSHKENT, 27 mar – Sputnik. Joriy yil boshidan beri tergov va suddan qochib yurgan 9 kishi Rossiyadan Toshkentga yuborildi, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Xabarda aytilishiga koʻra, Toshkent shahar IIBB soʻroviga binoan 17 mart kuni Moskvada jinoyat sodir etgani uchun qidiruvga berilgan 3 nafar jinoyatchi qoʻlga olingan. Hibsga olinganlardan 27 yoshli Andrey SH. Oʻzbekistonda firibgarlik va oʻgʻrilik jinoyatlarini sodir etgani uchun, 27 yoshli namanganlik Abdumutalibxon X. ham firibgarlik jinoyatiga qoʻl urgani uchun, 32 yoshli Grigoriy S. giyohvandlik vositalari, ularning  yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazish jinoyatini sodir etgani uchun qidiruvga berilgan.

Bundan tashqari, 24 mart kuni Rossiyaning Novosibirsk shahrida mahalliy politsiya xodimlari Toshkent IIBB soʻrovi bilan 39 yoshli Lutfullo R. qoʻlga olishgan. U firibgarlik jinoyatini sodir etganligi uchun qidiruvga berilgan.

Barcha qoʻlga olinganlar qonun oldida javob berishlari uchun Oʻzbekistonga yuborilgan.

Asosiy mavzular