Rossiyaning eng boy ayollaridan biri Germaniyada halok bo‘ldi

© AFP PHOTO / ODD ANDERSENSkoraya pomosh. Germaniya
Skoraya pomosh. Germaniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning eng boy ayollaridan biri  Frankfurt-na-Mayne shahrida xususiy samolyot fojeasi oqibatida halok bo‘ldi.

TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Rossiyaning eng boy ayollaridan biri, S7 aviakompaniyasi aksiyadori Natalya Fileva Germaniyada aviahalokatda halok bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

S7 tarkibiga kiruvchi "Globus" kompaniyasiga tegishli bo‘lgan biznes-samolyot Frankfurt-na-Mayne shahri aeroportiga qo‘nish vaqti halokatga uchragan.

“2019 yilning 31-mart kuni Epic-LT xususiy samolyoti "Egelsbax" aeroportiga qo‘nish vaqtida S7 Airlines kompaniyasining aksioneri 55 yoshli Fileva Natalya Valeryevna vafot etdi. Halokt sabablari hozircha aniqlanmagan”, - deyilgan kompaniya rasmiy xabarida.

Germaniyaning Bild nashri yozishiga ko‘ra, xususiy samolyot halokati oqibatida 2 nafar Rossiya fuqarosi qurbon bo‘lgan. Samolyotda Natalya Fileva bilan uning otasi va instruktor bo‘lgan.

Keyinroq ma’lum  bo‘lishicha, ushbu halokat joyiga shoshilib kelayotgan politsiya patrul avtomobili ham halokatga uchragan va ikki nafar politsiyachi qurbon bo‘lgan.

Germaniya hukumati ushbu halokat sabablarini o‘rganishga kirishgan.

Yangiliklar lentasi
0