19:25 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Rebenok s igrushkoy v rukax

Jiyanini tarbiyalash maqsadida tayoq bilan urib, uning umriga zomin boʻlgan togʻalar ushlandi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich
Hodisalar
Havola olish
235 0 0

Samarqandda fuqarolar jiyanini tarbiyalash maqsadida tanasining turli joylariga tayoq bilan urib, jarohat yetkazishdi.

TOSHKENT, 1 apr – Sputnik. Samarqandda jiyanini tarbiyalab qoʻymoqchi boʻlgan aka-uka uning umriga zomin boʻldi.

Oʻzbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining xabar qilishicha, 29 mart kuni Navoiy viloyati yashovchi fuqarolar Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon tumani Koʻmir qishlogʻida yashovchi opasining uyiga kelishadi.

“U yerda aka-ukalar voyaga yetmagan jiyani B.A.ni tarbiyalash maqsadida tanasining turli joylariga tayoq bilan urib, jarohat yetkazganlar. Oqibatda bolaning sogʻligʻi yomonlashganligi sababli uni boshqa xonaga olib chiqib, yotqizib qoʻyganlar”, - deyiladi xabarda.

Natijada voyaga yetmagan fuqaro olgan tan jarohatlaridan voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, aka-ukalar ushlanganlar. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular