02:57 25 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Mujchina v naruchnikax

Toshkentda ayolni soʻyib ketgan shaxs bir kunda qoʻlga olindi

Sputnik / Yevgeniy Biyatov
Hodisalar
Havola olish
50910

Gumonlanuvchi shaxs tanish ayoli bilan aroq ichib, janjallashgan va oqibatda mast holatda ayolning boʻyniga pichoq urib, hodisa joyidan qochib ketgan

TOSHKENT, 2 apr - Sputnik. Jori yil 30 mart kuni Mirzo Ulugʻbek tumanida yashagan ayol murdasi oʻz kvartirasi oshxonasida qotillik alomatlari bilan topilgan va mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan edi.

Toshkent shahar prokuraturasining oʻta ogʻir jinoyatlarni tergov qilish boʻlimi tomonidan deyarli bir sutka ichida oʻtkazilgan zarur tezkor-tergov harakatlari natijasida qotil qoʻlga olindi, deb xabar qildi prokuratura matbuot-xizmati.

Xabarda aytilishicha, joriy yilning 29 mart kunidan 30 mart kuniga oʻtar kechasi marhuma oʻz xonadonida tanishi A.A. bilan spirtli ichimliklar isteʼmol qilgan. Keyin oʻrtalarida janjal yuz berib, oqibatda A.A. mast holatda stol ustida turgan oshxona pichogʻi bilan ayolning oʻng boʻyin sohasiga urib, soʻngra hodisa joyidan yashiringan.

Holat yuzasidan birinchi aprel kuni Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. A.A. Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi(qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanuvchi sifatida JPKning 221-moddasi (jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinib) ushlangan.

Hozirda jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov davom etmoqda. Prokuratura natijasiga koʻra qoʻshimcha axborot berilishini maʼlum qilgan.

Asosiy mavzular