15:59 03 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Hodisalar
Havola olish
260 0 0

DXX Namangan 1,5 million dollarni qoʻshni respublikaga olib chiqib ketayotgan mashinani toʻxtatib qoldi.

TOSHKENT, 3 apr - Sputnik. Davlat Xavfsizlik xizmati Oʻzbekistondan 1,5 million AQSH dollarini olib chiqib ketishning oldini oldi, deb xabar qilmoqda “Oʻzbekiston 24” telekanali.

Namangan viloyatining Yakkaqoʻrgʻon tumani “Gʻaznon” mahalaasida 1983 yilda tugʻilgan, oldin sudlangan Baxrom Baxodirov boshqarib kelayotgan Nexia-3 avtomobili toʻxtatilganda, uning ichidan 967 311 AQSH dollari chiqqan.Tekshiruv ishlari natijasida Baxodirov avtomobilni bojxona nazorati postini chetlab oʻtgan holda Qirgʻizistonga joʻnatib yuborishni rejalashtirgani maʼlum boʻlgan.

Shuningdek uning sherigi, 1972 yilda tugʻilgan Abdumajid Nosirov boshqaruvida boʻlgan Nexia avtomobili Chust tumanida toʻxtatib tekshirilganda uning ichidan 591 487 AQSH dollari chiqqan. Pullarni Baxrom Baxodirov orqali qoʻshni respublikaga joʻnatib yuborish rejalashtirilgani aniqlangan.

Shunday qilib, oʻtkazilgan tezkor tadbirlar yordamida Oʻzbekiston hududidan 1 558 798 AQSH dollarini olib chiqib ketishning oldi olindi. Ayni damda ushbu ish yuzasidan jinoyat ishi ochilib tergov olib borilmoqda.

Asosiy mavzular