19:45 15 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77

Toshkentda tilanchilik qilgani uchun ushlangan ayolga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatish rad etildi

© Sputnik / Ramil Sitdikov
Hodisalar
Havola olish
176 0 0

Qaror mehr-muruvvat va insoniylik tamoyilidan kelib chiqib, shuningdek, hibsga olingan ayolning yoshini inobatga olib qabul qilindi.

TOSHKENT, 4 apr - Sputnik. Yunusobod tuman IIB tergov boʻlimi tomonidan 1 aprel kuni tilanchilik qilgani uchun qoʻlga olingan ayolga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Bu haqda Toshkent IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Tilanchilik bilan shugʻullanganlarga qamoq jazosi berilishi mumkin

Xabarda qayd etilishicha, qaror mehr-muruvvat va insoniylik tamoyilidan kelib chiqib, shuningdek, hibsga olingan ayolning yoshini inobatga olib qabul qilingan.

© Sputnik / Natalya Seliverstova

“Moʻʼtabar YU.ning turmush oʻrtogʻi va 4 nafar voyaga yetgan farzandi boʻlib, barchasi ishli va uning taʼminotini uddalashga qodir. Tilanchilikni oʻziga xos “xobbi”ga aylantirgan ayol va uning yaqinlari bilan jiddiy profilaktik suhbat oʻtkazildi”, - deya taʼkidlanadi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, 59 yoshli ayol 28 yanvar kuni xuddi shu qoidabuzarlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilgan va eng kam oylik ish haqining yarim barobari miqdorida jarima solingan. Ammo u 1 aprel kuni Bodomzor koʻchasidagi masjid yaqinida tilanchilik qilayotganida yana ushlangan. Natijada unga nisbatan Jinoyat kodeksining 127-1-moddasi 1-qismi (“Tilanchilik”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan edi.

Qoʻl choʻzganga qamoq: Oʻzbekistonda tilanchilik taʼqiqlanmoqda

Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 127-1-moddasiga koʻra, tilanchilik bilan shugʻullanish, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Asosiy mavzular