Toshkentda xavfli poygalar: pensioner ayol halok bo‘ldi

© Sputnik / StringerMashina skoroy pomoshi v Tashkente
Mashina skoroy pomoshi v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mast “poygachilar” uyushtirgan YTH oqibatida bir necha inson og‘ir tan jarohat oldi, 62 yoshli ayol esa hodisa joyida hayotdan ko‘z yumdi.

TOShKENT, 5 apr - Sputnik. Poytaxtning Shayxontohur tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida pensioner ayol halok bo‘ldi. Bu haqda Toshkent IIBB xabar qildi.

Avtomobil skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Mudhish YTH: Samarqandda Nexia mashinasi ekskavator bilan to‘qnashdi

Xabarda aytilishicha, joriy yilning 28-martida 20-25 yoshlar atrofidagi bir nechta shaxslar Chilonzor tumanida joylashgan tungi klublarning birida ertalabgacha ko‘ngilxushlik qilishadi va to‘satdan ular o‘rtasida o‘zaro nizo kelib chiqadi. Shundan so‘ng taraflarning bittasi mashinasiga o‘tirib voqea joyidan ketadi. Lekin uning orqasidan tortishuvni yakuniga yetkazib qo‘yish uchun katta tezlikda ketayotgan yoshlarning qilgan noto‘g‘ri harakatlari sababli Samarqand Darvoza va Alisher Navoiy ko‘chalarining kesishmalarida jiddiy YTH sodir bo‘lgan.

“Bu xodisa tufayli 62 yoshli ayol hayotdan ko‘z yumdi, shuningdek, bir nechta insonlarning og‘ir tan jarohat olishiga sabab bo‘ldi”, - deyiladi xabarda.

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan Shayxontohur tumani hududida sodir etilgan inson o‘limi bilan bog‘liq yo‘l transport hodisasi hamda bezorilik jinoyati tafsilotlari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda bu kabi jinoyatlarning yuzaga kelishiga ota-onalarning, mahalla faollarining e’tiborsizligi va farzandlarini nazoratsiz qolidirishlari  hamda bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalana olmasliklari muammoning asl sabablaridan biri ekanligi ta’kidlandi.

Yangiliklar lentasi
0