Namangan viloyatida YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Namangan viloyatida Nexia va yuk mashinasi to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi.

TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Namangan viloyatidada yuz bergan YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi.

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, 2019-yil 7-aprelda Namangan viloyatining Pop tumanida yashagan fuqaro o‘zining Nexia rusumli avtomashinasini Turkiston mahallasi hududida haydab ketayotib, shu yo‘nalishda o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan, fuqaro boshqaruvidagi “KrAZ-355” rusumli yuk avtomashinasi orqa tomoniga borib urilgan.

“Natijada Nexia yo‘lovchisi N.Z. jarohat olib voqea joyida, haydovchisi O.X. kasalxonada vafot etgan”- deyiladi xabarda.

Shuningdek, Nexia avtomashinasida bo‘lgan yana bir yo‘lovchi tan jarohatlari bilan kasalxonaga  yotqizilgan.

Toshkentda xavfli poygalar: pensioner ayol halok bo‘ldi

Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0