12:33 15 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Noj v ruke

Toshkent viloyatida talaba rashk tufayli qasddan odam oʻldirishga urindi

Sputnik / Pavel Lisitsыn
Hodisalar
Havola olish
384 0 0

Toshkent davlat agrar universitetining 3-bosqich talabasi rashk tufayli bir kishini pichoqladi.

TOSHKENT, 8 apr - Sputnik. Toshkent viloyatida talaba rashk tufayli bir kishini pichoqladi.

Bosh prokuraturaning xabar qilishicha, 07.04.2019 yil Yangiyoʻl tumani “Axil” mahallasida yashovchi A.A. (1993 y.t, Toshkent davlat agrar universitetining 3-bosqich talabasi) shu mahalladagi “Senyor Pomidor pasta & BBQ” kafesi oldida fuqaro B.X. (1992 y.t, ishsiz) bilan rashk sababli janjallashib, yonidagi pichoq bilan B.X.ni qasddan oʻldirish maqsadida yurak sohasiga 2 marotaba, boʻyin qismi va chap son sohalariga bir marotaba urib, tan jarohatlari yetkazgan.

Shifokorlar tomonidan oʻz vaqtida koʻrsatilgan tibbiy yordam natijasida B.X.ning hayoti saqlab qolingan.

Shu kunning oʻzida Yangiyoʻl tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro A.A.ga nisbatan Oʻzbekiston JK  25-moddasi orqali 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam oʻldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʻch olish, rashk va meros mojarosi: Oʻzbekistonda maishiy qotilliklar sabablari va statistikasi

Jinoyatchi tegishli protsessual tartibda qoʻlga olingan.

Asosiy mavzular