21:46 19 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Nadpis Opasno GAZ na ograditelnoy lente

Termizda gaz portlashi oqibatida ikki kishi qurbon boʻldi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv
Hodisalar
Havola olish
541 0 0

Dushanba kuni Termiz shahridagi koʻp qavatli uylardan birida sodir boʻlgan gaz portlashi oqibatida ikki kishi halok boʻldi.

TOSHKENT, 8 apr - Sputnik. Dushanba kuni Termiz shahridagi koʻp qavatli uylardan birida sodir boʻlgan gaz portlashi oqibatida ikki kishi halok boʻldi. Bu haqda RIA Novosti viloyat IIB vakiliga tayanib xabar qilmoqda.

Avvalroq idora vakili RIA Novostiga dushanba kuni ertalab Termizdagi uylardan birida portlash sodir boʻlgani va odamlar jabrlangani haqida maʼlum qilgan edi.

“Soat 11:32da Termizdagi uylardan birining yertoʻlasida gaz-havo aralashmasi chaqnashi natijasida portlash sodir boʻlgan. Oqibatda voqea joyida ikki kishi halok boʻldi”, - dedi IIB xodimi.

Uning soʻzlariga koʻra, yertoʻlada doʻkon ombori boʻlgan.

Mahalliy nashrlarning xabar qilishicha, 1962 va 1985 yilda tugʻilgan erkak fuqarolar halok boʻlgan.

IIBda gaz portlashi sabablari va zarar miqdorini aniqlash maqsadida tekshiruv ishlari olib borilayotganini qoʻshimcha qilishdi.

Asosiy mavzular