IIBB xodimi xizmat mashinasida ayolni urib ketdi

© GUVD g. TashkentaAvtomobil pravooxranitelnix organov Uzbekistana na meste DTP
Avtomobil pravooxranitelnix organov Uzbekistana na meste DTP - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar IIBB xodimi mashinada urib ketgan ayol kasalxonada vafot etdi

TOShKENT, 9 apr - Sputnik. Toshkent shahar IIBB rasmiy saytida IIBB xodimi ayol kishini urib ketganligi haqida xabar berildi.

"6 aprel kuni Chilonzor tumanida soat taxminan 19.30da Muqimiy ko‘chasida Toshkent IIBB xodimi "Lasetti" xizmat mashinasini boshqarayotgan vaqtda yo‘lovchini bosib ketgan", - deyiladi xabarda.

IIBB xabariga ko‘ra, ayol kasalxonada vafot etgan. Ushbu hodisa yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 moddasi 2 qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0