Nukusda bosqinchi ikki kishini pichoqladi: ulardan biri vafot etdi

CC0 / pixabay / Siluet cheloveka s nojom v ruke
Siluet cheloveka s nojom v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nukus shahrida bosqinchi ikki kishini pichoqlab, voqea joyidan yashirindi. Jinoyatni sodir etgan shaxsni aniqlash uchun barcha zaruriy tezkor-qidiruv va tergov harakatlari amalga oshirilmoqda.

TOShKENT, 9 apr — Sputnik. Nukus shahrida bosqinchi ikki kishini pichoqladi.

Avtomobil skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda mastlik holatida kelib chiqqan o‘zaro janjal qotillik bilan yakundi

Bosh prokuraturaning xabar qilishicha, 8-aprel kuni Nukus shahar, Taxtako‘pir ko‘chasi 66-uyda yashovchi fuqaro uyida yurgan noma’lum shaxsning ovozini eshitib, u tomonga borgan vaqtda noma’lum shaxs uni qasddan o‘ldirish maqsadida ko‘krak qafasining o‘ng qismiga pichoq bilan bir marotaba urgan.

Shuningdek, noma’lum shaxs jabrlanuvchi uydagilarni yordamga chaqirgan vaqtda chiqib kelgan turmush o‘rtog‘ining ko‘krak qafasining chap tomoniga pichoq bilan bir marotaba urib, voqea joyidan yashiringan.

“A.Sh. olgan tan jarohati natijasida voqea joyida vafot etgan, D.M. shifoxonaga yotqizilib, zudlik bilan ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida uning hayoti saqlab qolingan”, - deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan Nukus shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston JKning 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida talaba rashk tufayli qasddan odam o‘ldirishga uringani haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0