16:39 21 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Znak avariynoy ostanovki

Buxoro viloyatida poyezd va yuk mashinasi toʻqnashuvi oqibatida Turkiya fuqarosi halok boʻldi

© Pixabay
Hodisalar
Havola olish
244 0 0

Holat yuzasidan Qorakoʻl tuman IIB tomonidan JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

TOSHKENT, 9 apr – Sputnik. 2019 yil 8 aprel kunidan 9 aprel kuniga oʻtar kechasi soat 01:15larda Buxoro viloyati Qorakoʻl tumani, “Solur” MFY hududidan oʻtuvchi “Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi” yoʻnalishidagi Xalqaro M-37 avtomabil yoʻlida YTH yuz bergan. Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga asosan.

Xabarda aytilishicha, 2019 yil 8 aprel kunidan 9 aprel kuniga oʻtar kechasi Qorakoʻl tumani, “Solur” MFY hududidan oʻtuvchi “Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi” yoʻnalishidagi Xalqaro M-37 avtomabil yoʻlidagi Qandim GPZ temir yoʻlining 2 km.da yoʻlni kesib oʻtayotgan Turkiya Respublikasi fuqarosi Zaki Kiraj oʻzining boshqaruvida boʻlgan “Mersedes-benz” rusumli davlat raqami TR 76 DH 642 boʻlgan tirkamali yuk avtomashinasi bilan yoʻlini kesib oʻtayotgan TEM2-5808-raqamli teplovozning yoqilgʻi bakiga urib, yoʻl transport xodisasi sodir etgan.

Natijada, Turkiya Respublikasi fuqarosi Zaki Kiraj ogʻir tan jarohatlari olib hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Qorakoʻl tuman IIB tomonidan JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Asosiy mavzular