16:20 18 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Kanal

Prokuratura xodimi kanalda choʻkayotgan qizni qutqarib qoldi

© tribuna.uz
Hodisalar
Havola olish
25310

Sirdaryo viloyat prokuraturasi boʻlim boshligʻi A.Ubatov suvda choʻkayotgan qizni qutqarib qoldi.

TOSHKENT, 10 apr – Sputnik. 8 aprel kuni kechqurun viloyat prokuraturasi boʻlim boshligʻi A.Ubatov suvda choʻkayotgan qizni qutqarib qoldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Sputnik agentligiga xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, 8 aprel kuni soat 22.00 da Guliston shahridagi “Doʻstlik” kanali qirgʻogʻi boʻylab ketayotgan viloyat prokuraturasi boʻlim boshligʻi A.Ubatov suv yuzasidan kelayotgan past ovozdagi shovqinni eshitib qoladi.

Diqqat bilan tikilib, odam oqib kelayotganiga ishonch hosil qiladi. Soʻngra zudlik bilan yaqin atrofdagi vagon tomonga yugurib borib, belkurak topib keladi. Tezda ustki kiyimlarini yechib, oʻzini suvga tashlaydi. Oqib ketayotgan odam ikki qoʻli bilan qutqaruvchi uzatgan belkurakning dastasidan mahkam ushlab olib, oʻzi ham chiqishga harakat qiladi.

Jabrlanuvchini bir amallab qirgʻoqqa tortib kelgan A.Ubatov yoʻlakdan oʻtayotgan ikki nafar ayolga “tez yordam” chaqirishlarini iltimos qiladi. Hodisa joyiga yetib kelgan odamlar bir-birlarining qoʻllaridan mahkam tutib, zanjir boʻlib, suv boʻyidan tortib olishadi.

Qutqarilgan kishi 16-17 yoshlardagi qiz ekanligi maʼlum boʻldi. Shok holatida boʻlgani bois dastlab gapira olmasdi. U shoshilinch tarzda “tez yordam” mashinasida RSHTIYOM viloyat filialiga olib kelinadi va shifoxonaning Jonlantirish boʻlimiga yotqiziladi. Suvda choʻkayotganida qutqarib qolingan Munira Shamshiyeva 2002 yilda tugʻilgan boʻlib, Guliston shahar ”Ulugʻ yoʻl” MFY hududida yashaydi.

Shahardagi 4-oʻrta umumtaʼlim maktabining 10-sinf oʻquvchisi. Maʼlum boʻlishicha, qiz kanal chetiga oʻrnatilgan zinadan pastga tushgan va bexosdan suvga yiqilib, oqib ketgan. U endilikda oʻzini yaxshi his qilmoqda.

Asosiy mavzular