07:13 22 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
AQSH dollari

Fargʻonada AQSH dollarini qalbakilashtirgan shaxslar qoʻlga olindi

© Sputnik / Maksim Bogodvid
Hodisalar
Havola olish
208 0 0

Tekshirish jarayonida fuqaroda qalbaki 50 dollarlik kupyuralardan iborat 100 dona, jami 5000 AQSH dollari mavjudligi aniqlangan.

TOSHKENT, 10 apr – Sputnik. Fargʻona viloyatida AQSH dollarini qalbakilashtirgan shaxslar qoʻlga olindi.

Bosh prokuratura xabariga koʻra, departamentning Fargʻona viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda bank tomonidan berilgan xabarga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ATB “Agrobank” Oltiariq filiali valyuta ayirboshlash shoxobchasiga fuqaro X.X. tomonidan almashtirish uchun taqdim etilgan 200 AQSH dollari qalbaki ekanligi aniqlangan.

“Tekshirish jarayonida fuqaro X.X.da qalbaki 50 dollarlik kupyuralardan iborat 100 dona, jami 5000 AQSH dollari mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan, shuningdek, X.X. ushbu qalbaki dollarlarni fuqaro X.T.dan olganligini maʼlum qilgan”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, oʻtkazilgan ekspertiza ushbu qalbaki AQSH dollarlari kompyuter vositasida rangli printer yordamida tayyorlanganligi aniqlagan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston  JKning 176-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Bosh prokuratura bepushtlikni davolash uchun moʻljallangan qalbaki “Komaston” dori vositasi importi fosh qilgani haqida xabar qilgan edik.

Asosiy mavzular