07:34 22 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Saygak

Oʻzbekistonlik qariyb 4,4 mlrd soʻmlik saygʻoq shoxlarini Rossiyaga olib chiqishga urindi

© Sputnik / Vyacheslav Bobkov
Hodisalar
Havola olish
352 0 0

Jinoyatchi qoʻlga olingan va unga nisbatan Qozogʻiston JKning tegishli moddasi bilan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.

TOSHKENT, 10 apr — Sputnik. Oʻzbekiston fuqarosi Rossiyaga qariyb 200 million tenge (4,4 milliard soʻm)lik saygʻoq shoxlarini noqonuniy ravishda olib oʻtishga urindi. Bu haqda Qozogʻiston Milliy xavfsizlik qoʻmitasi xabar qildi.

Xabarda qayd etilishicha, “Oral-Samara” yoʻnalishi boʻyicha harakat qilayotgan 49 yoshli oʻzbekistonlik chamadonida 148 dona saygʻoqning yangi kesilgan shoxlari borligi aniqlangan.

Jinoyatchi qoʻlga olingan va unga nisbatan Qozogʻiston JKning tegishli moddasi bilan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Saygʻoq, oqquyruq (Saiga tatarica) — quvushshoxlilar oilasiga mansub juft tuyoqli hayvon. Saygʻoqning soni keskin kamayib ketganligi sabab ovlash man etilgan.

Asosiy mavzular