Rashid Qodirovga nisbatan hech qanday qiynoq qo‘llanilmagan – Bosh prokuratura

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishSledstvenniy izolyator, arxivnoe foto
Sledstvenniy izolyator, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bosh prokuratura Amnesty International tashkilotining go‘yoki sobiq bosh prokuror R.Qodirovga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik ishlatilgani, qo‘pol munosabatda bo‘lingani to‘g‘risidagi murojaatiga o‘z munosabatini bildirdi.

TOShKENT, 11 apr – Sputnik. Bosh prokuratura Amnesty International tashkilotining go‘yoki sobiq bosh prokuror R.Qodirovga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik ishlatilgani, qo‘pol munosabatda bo‘lingani, shuningdek, boshqa sudlanuvchilarga nisbatan haligacha qiynoqlar xavfi saqlanib qolinayotganligi to‘g‘risidagi murojaatiga o‘z munosabatini bildirdi.

Ta’kidlanishicha, tergovning boshidanoq R.Qodirovga himoyalanish huquqi berilgan, advokatning barcha tergov harakatlarida ishtiroki, shuningdek, u bilan hech qanday cheklovlarsiz holi uchrashish imkoniyati ta’minlangan.

“Tergov davomida sud-tibbiy ekspertiza o‘tkazilgan, uning xulosasiga ko‘ra, R.Qodirovning sog‘lig‘ining holati qamoqda saqlashga to‘sqinlik qilmasligi ma’lum bo‘lgan va unda hech qanday tan jarohatlari aniqlanmagan”, - deyiladi rasmiy bayonotda.

Podozrevayemiy v sude - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda sobiq bosh prokuror Rashid Qodirov ustidan sud boshlandi

Bosh prokuratura R.Qodirov va boshqa ishtirokchilarning yoshini hisobga olgan holda, dastlabki tergov davomida ularning sog‘lig‘i Ichki ishlar vazirligi tibbiyot muassasalarining doimiy nazorati ostida bo‘lgani, ishni sudda ko‘rib chiqish jarayonida ham doimiy tibbiy yordam ko‘rsatilayotgani va barcha zarur tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan alohida maxsus transport vositasi ajratilgani ma’lum qilgan.

Tergov davomida R.Qodirov o‘z aybini faqat qisman tan olgan, bu esa unga ayblov bo‘yicha o‘z fikrini erkin ifoda etish imkoniyati berilgani va uning bunday mazmundagi ko‘rsatmalarini olishda unga nisbatan qandaydir bosim o‘tkazilganlik fakti mavjud emasligidan dalolatdir, deya qo‘shimcha qilingan xabarda.

Bosh prokuratura tomonidan R.Qodirov va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha 22.02.2018 yilda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilgan.

Kapelnitsa - Sputnik O‘zbekiston
Sobiq bosh prokuror Rashid Qodirov mahbuslar shifoxonasiga yotqizildi

25.02.2018 yil R.Qodirov tovlamachilik, pora olish, shuningdek, boshqa mansabdorlik va iqtisodiy jinoyatlarni sodir etishda ayblanib, jinoyat ishiga ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan hamda unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Bundan tashqari, 17.01.2019 yilgi sud majlisida raislik qiluvchi sudyaning savoliga R.Qodirov tergov davomida o‘z ko‘rsatmalarini ixtiyoriy ravishda berganligini ma’lum qildi va bu sud majlisi bayonnomasida qayd etilgan.

Bugungi kunda R.Qodirovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi sud tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0