03:49 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Hodisalar
Havola olish
189 0 0

Boʻston koʻchasida yashovchi fuqaroning yashash uyida 1 kg. 369 gr. marixuana giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.

TOSHKENT, 12 apr - Sputnik. Fargʻona viloyatida oʻz uyida marixuana giyohvandlik moddasini yashirgan fuqaro qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining xabar qilishicha, Fargʻona viloyatining Qoʻshtepa tumanida viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir oʻtkaziladi.

Tadbir davomida Baland masjid mahallasi Boʻston koʻchasida yashovchi fuqaroning yashash uyida 1 kg. 369 gr. marixuana giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, jinoyatchi qoʻlga olindi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular