07:59 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Pensioner GUVD spas trex tonuvshix

Sobiq IIBB xodimi choʻkayotgan uch kishini qutqarib qoldi

© GUVD g. Tashkenta.
Hodisalar
Havola olish
473 0 0

Olmazor tumanida 7 yoshli qizaloq daraxtdan dovuchcha uzmoqchi boʻlib, suvga yiqilib tushadi.

TOSHKENT, 12 apr - Sputnik. 10 aprel kuni kunduzi soat 10:30 larda Toshkentning Olmazor tumanida sobiq IIBB xodimi, mayor Mansurov Husanboy suvda choʻkayotgan ayol va uning ikki qizini qutqarib qoldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda keltirilishicha, 36 yoshli Dilobar A. farzandlari bilan Chimboy turarjoy massivi orqali oqib oʻtuvchi Qichqiriq kanali qirgʻogʻi boʻylab sayr qilib ketayotganda uning 7 yoshli kichik qizi Shahliyo daraxtdan dovuchcha uzmoqchi boʻlib, suvga yiqilib tushadi. Buni koʻrgan Dilobar qizalogʻini qutqarish maqsadidan oʻzini suvga tashlaydi. Shuningdek, ularga 14 yoshli Diyora va 9 yoshli Dilshoda yordamga shoshadi. Diyora singlisini qutqarishga muvaffaq boʻladi, biroq oʻzi mustaqil ravishda suvdan chiqa olmaydi. Ayol va uning ikki qizi suvga choʻka boshlaydi. Shunda ular yordam soʻrab, qichqira boshlashadi.

Kanal yonidan oʻtib ketayotgan bir erkak ularning qichqirigʻini eshitib, yordamga shoshadi. U suvda choʻkayotgan ayol va uning qizlarini koʻrib, hech ikkilanmasdan oʻzini suvga otadi. Ayol va uning qizlarini qutqargandan soʻng “tez yordam” chaqiradi. Hodisa joyiga yetib kelgan shifokorlar ularning ahvolini qoniqarli ekanligi maʼlum qiladi.

Maʼlum boʻlishicha, ayol va uning ikki qizini qutqargan xaloskor sobiq IIBB xodimi, mayor Mansurov Husanboy Qurbonovich ekan. U hozirda mehnati evaziga haqli ravishda nafaqada boʻlgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Guliston shahrida prokuratura xodimi kanalda choʻkayotgan qizni qutqarib qolgani haqida xabar bergan edik.

Asosiy mavzular