14:01 16 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Zaderjaniye prestupnika

Termizda katta miqdorda byudjet mablagʻlarini talon-taroj qilgan shaxs ushlandi

TSOS FSB RF
Hodisalar
Havola olish
632 0 0

Kollej buxgalteri sobiq ishchi-xodimlar nomiga jami 221,8 mln. soʻm ish haqi yozib, ularning nomidagi plastik kartochkalarga oyma-oy tushirib olib yurgan

TOSHKENT, 13 apr - Sputnik. Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi Surxondaryo viloyatida yuz bergan katta miqdordagi talon-tarojlik jinoiy ishi haqida xabar berdi.

"Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Termiz tumani arxitektura va qurilish kasb-hunar kolleji bosh hisobchisi SH.X. kollejning 5 nafar sobiq ishchi-xodimlarining nomiga 2017-2018 yillar va 2019 yil 2 oyi davomida jami 221,8 mln. soʻm ish haqi yozib, ularning nomidagi plastik kartochkalarga oyma-oy tushirib olib, oʻz ehtiyojlari uchun ishlatib, byudjet mablagʻlarini talon-toroj qilganligi aniqlangan", - deyiladi xabarda.

Tekshiruv davomida byudjetga yetkazilgan zarardan 100,3 mln. soʻm undirilishi taʼminlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan SH.X.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Asosiy mavzular