13:29 15 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
kulak, arxivnoye foto

Sirdaryoda qarzdor MIB xodimini kaltakladi

© sputnik Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov
Hodisalar
Havola olish
318 0 0

Bankdan 10 million soʻm qarzi boʻlgan fuqaro MIB xodimini doʻpposladi.

TOSHKENT, 14 apr – Sputnik. Guliston shahrida MIB xodimini mushtumzoʻr qarzdor tomonidan kaltaklandi, deb xabar qilmoqda OʻzA.

ATB “Agrobank” Boyovut filialidan 10 133 000 soʻm qarzdor boʻlgan fuqaro A.YU., Boyovut tumanlararo sudi qaroriga asosan qarzdorlikni undirishga kelgan  MIB xodimi A.X.ga nisbatan zoʻravonlik qilgan.  

“MIB xodimi qarzdorlikni toʻlab berishni tushuntirayotgan vaqtida, mast holatda boʻlgan YU.A. uyi darvozasini qulflab olgan. Soʻngra davlat ijrochisi A.X.ni boʻynidan boʻgʻib, tanasining turli joylariga qoʻli bilan urib, oyogʻi bilan tepgan. Oʻziga nisbatan yuritilgan ijro ishini olib qoʻyib, davlat ijrochisi A.X.ni xizmat vazifasini bajarishdan voz kechishga majbur qilgan”, - deyilgan xabarda.

Holat yuzasidan Guliston shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish oʻtkazilmoqda.

Asosiy mavzular