13:50 16 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Nasiliye v semye

Voronejda qizlarni zoʻrlab kelgan bir guruh oʻzbekistonliklar jazolandi

© Flickr/ allnightavenue
Hodisalar
Havola olish
723 0 0

Jinoyatchilar 19 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan toʻrt nafar tasodifiy qurbonlariga nisbatan bosqinchilik va nomusga tegish jinoyatlarini sodir etishgan.

TOSHKENT, 15 apr - Sputnik. Rossiyaning Voronej shahrida qizlarning nomusiga tekkan uch nafar oʻzbekistonlik sud qilindi. Bu haqda shaharning Markaziy tuman sudi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda yozilishicha, uch nafar Oʻzbekiston fuqarosi 2017 yilning sentyabr oyida Voronej shahrida oldindan til biriktirib, jinoyat sodir etishga kelishib olishgan. Jinoyatchilar 19 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan toʻrt nafar qizlarga nisbatan bosqinchilik va nomusga tegish jinoyatlarini sodir etishgan.

Sud jinoyatchilarni ushbu jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topdi. Sud hukmiga koʻra, ulardan biriga oʻn yil, ikkinchisiga toʻqqiz yil, uchinchisiga esa toʻrt yilu olti oy ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlangan.

Bundan tashqari, jabrlanuvchilar foydasiga ikki million rubldan ortiq maʼnaviy zarar va 22 ming rubl moddiy zarar undirilgan.

Asosiy mavzular