02:42 26 Iyun 2019
Efir
  • RUB135.34
  • EUR9731.96
  • USD8562.34
Knife

Singlisining boshini tanasidan judo qilgan yigit ustidan hukm oʻqildi

© Flickr / Mr Korn Flakes
Hodisalar
Havola olish
1024 0 0

Qotil jasadni ogʻilxonadan olib chiqib yashirish maqsadi uning boshini tanasidan judo qiladi.

TOSHKENT, 15 apr — Sputnik. Tojikistonning Soʻgʻd viloyati sudi oʻz singlisini oʻldirgan akani 18 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda Tojikiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda yozilishicha, qotillik Soʻgʻd viloyatining Istaravshan shahrida sodir etilgan. Fuqaro 17 yoshli singlisini qishloqda oila obroʻsini toʻkkanlikda ayblab, ogʻilxonaga olib kiradi. U yerda oʻrtalarida yuzaga kelgan janjal vaqtida qizni tsellofan paket bilan boʻgʻib oʻldiradi. Soʻngra jasadni ogʻilxonada olib chiqib yashirish maqsadi uning boshini tanasidan judo qiladi.

Bu voqeadan xabar topgan yigitning otasi oʻgʻliga yordam berish maqsadida qizining jasadini  “Opel Vektra” rusumli mashinaga ortib, eski suvsiz kanalga yashirgan.

Keyinchalik Tojikiston huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari jinoyat sodir etishda gumon qilingan akani qoʻlga olgan. Qotil Tojikiston JKning tegishli moddali bilan aybdor deb topilgan va unga 18 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlagan. Jazoni qattiq tartibdagi koloniyada oʻtash belgilangan.

Asosiy mavzular