00:58 07 Iyul 2020
Efir
  • RUB145.97
  • EUR11411.48
  • USD10173.38
Hodisalar
Havola olish
139 0 0

Toshkentda fuqaroni doʻkon sotish bahonasida 40 ming dollarga chuv tushirib ketgan firibgar qoʻlga olindi.

TOSHKENT, 16 apr - Sputnik. Toshkentda oʻziga tegishli boʻlmagan doʻkonni sotib, aldov yoʻli bilan fuqaroni chuv tushirgan firibgar qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining maʼlum qilishicha, 2018 yil oktyabr oyida Uchtepa tumanida yashovchi V.X. Chilonzor tumanidagi Muqimiy koʻchasida fuqaro S.Q.ga oʻziga tegishli boʻlmagan “Chilonzor buyum savdo kompleksi”da joylashgan doʻkonni sotishini aytib, aldov yoʻli bilan undan 40 000 dollar olib ketganligi haqida arz qiladi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, firibgar qoʻlga olingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular