01:51 18 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Generalnoye konsulstvo Respubliki Uzbekistan v Yekaterinburge.

Yekaterinburgda qurilishga ishga kirish uchun kelgan toʻrt nafar oʻzbekistonlik vafot etdi

Sputnik / Pavel Lisitsыn
Hodisalar
Havola olish
540 0 0

Yekaterinburg shahrida 2019 yil 17 aprelga oʻtar kechasi shaharning qurilish obektlaridan birida Oʻzbekistonning toʻrt nafar fuqarosi vafot etdi.

TOSHKENT, 17 apr — Sputnik. Rossiyaning Yekaterinburg shahrida 2019 yil 17 aprelga oʻtar kechasi shaharning qurilish obektlaridan birida Oʻzbekistonning toʻrt nafar fuqarosi vafot etdi.

Oʻzbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi maʼlumotiga koʻra, surxondaryolik Mengtoshev Shuhrat Uralovich, Qurbonov Akbarali Saidmurodovich, Ziyadullayev Ulugʻbek Olimjonovich, Choriyev Isroil Ravshanovich vafot etgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, ular yongʻin va gazdan zaharlanish oqibatida vafot etishgan.

Maʼlum boʻlishicha, ushbu fuqarolar 15-aprel kuni Yekaterinburg shahri Akademik tumanidagi qurilish obektlaridan biriga ishga kirish uchun kelishgan.

Vazirlik xabarida ayni paytda vakolatli organlar tomonidan voqeaning barcha tafsilotlarini aniqlash uchun tergov oldi tadbirlari boshlangani taʼkidlangan.

Bosh konsulxona Oʻzbekistonning Moskva shahridagi Elchixonasi bilan hamkorlikda mazkur vaziyat nazoratga olingan hamda vafot etganlarning jasadlarini vatanga qaytarish masalasi hal qilinayotganini maʼlum qilgan.

Asosiy mavzular