03:14 22 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Novorojdennыy malchik

Shahrisabzda jigarbandini 10 mln soʻmga sotgan ona qonun oldida javob beradi

© Sputnik / Lesya Polyakova
Hodisalar
Havola olish
85 0 0

Fuqaro oʻz xohishi bilan sotganligi haqidagi tilxatni yozib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

TOSHKENT, 18 apr – Sputnik. Qashqadaryoning Shahrisabz shahrida 10 kunlik chaqalogʻini 10 mln soʻmga sotgan ona qoʻlga olindi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar qilishicha, departamentning Shahrisabz shahar boʻlimi xodimlari tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkaziladi.

Tadbir natijasida  Shahrisabz shahar, “Ipak-yoʻli” M.F.Y.da yashovchi fuqaro 2019 yil 8 aprel kuni tugʻilgan qiz farzandi boshqa fuqaroga 10 mln soʻmga sotib, oʻz xohishi bilan sotganligi haqidagi tilxatni yozib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Oʻzbekiston JKning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Yangiyoʻl tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli tugʻruq boʻlimi akusher-ginekologi fuqaroning yangi tugʻilgan qiz farzandini goʻyoki oʻldi deb xabar berib, bu haqda hech qanday maʼlumot qayd etmagan. U chaqaloqni 100 dollar evaziga boshqa fuqaro dunyoga keltirgani haqida soxta hujjatlar rasmiylashtirish orqali sotib yuborganligi aniqlangan edi.

Asosiy mavzular