03:13 22 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Izdeliye nasvay

Rossiyada bolalarga nos sotgan oʻzbekistonlik qoʻlga olindi

© Podrobno.UZ
Hodisalar
Havola olish
295 0 0

Oʻzbekiston fuqarosi Markaziy bozor oldida kechayu kunduz taqiqlangan modda sotgan.

TOSHKENT, 18 apr – Sputnik. Rossiyaning Kirov shahrida maktab oʻquvchilariga nos sotgan Oʻzbekiston fuqarosi qoʻlga olindi. Bu haqda "Mesto proisshestviya" dasturida maʼlum qilindi.

Guvohlar oʻzbekistonlik migrant Markaziy bozor oldida kechayu kunduz taqiqlangan modda sotganini maʼlum qilishgan. Qoʻlga olingan shaxs bolalarga nos sotganini inkor qildi.

Mazkur fuqaroning uyi tintuv qilinganda u yerdan besh kilogrammdan ortiq nos topilgan.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Mesto Proisshestviya | Kirov (@mp_kirov)

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiyada bir guruh Ulyanovsk kursantlari nos chekish oqibatida exinokokkoz kasalligini yuqtirgan boʻlishlari mumkinligi haqida xabar qilgan edik.

Nos, nosvoy — oʻzida nikotin saqlovchi chekimlik. Mahsulotning asosini nos tamakisi tashkil etsada, ogʻiz shilliq qavatida yaxshiroq soʻrilishi uchun kul, soʻndirilgan ohak, oʻsimlik yogʻlari, turli xil taʼm beruvchi qoʻshimchalar, tovuq tezagi va tuya goʻngi aralashtirilishi mumkin. Nos tarkibida hayvonlarning goʻngi mavjud boʻlgani uchun uni isteʼmol qilgan odam turli oshqozon infektsiyalarini va parazit hayvon kasalliklarini yuqtirib olishi mumkin. Nos asosan Markaziy Osiyo mamlakatlarida tayyorlanadi va chekiladi.

Asosiy mavzular