22:04 19 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
V Andijane MCHS spaslo rebenka, upavshego s gorы

Andijonda qutqaruvchilar togʻdan yiqilgan bolani qutqarib qolishdi - foto

© YouTube
Hodisalar
Havola olish
304 0 0

Doʻstlari bilan “Imom ota” dam olish maskaniga sayr qilishga chiqqan fuqaro kutilmaganda togʻ tepaligidan pastga qulab ketgan. U ertasi kuni togʻli hududda behush holda topilgan.

TOSHKENT, 18 apr — Sputnik. Andijon viloyati FVV tezkor navbatchilik qismining qutqaruvchilari togʻda yoʻqolgan bolani topishdi. Bu haqda Oʻzbekiston FVV matbuot xizmati xabar qildi.

Maʼlum boʻlishicha, 14 aprel kuni fuqaro Andijon viloyati FVV tezkor navbatchilik qismiga qoʻngʻiroq qilib, Xoʻjaobod tumanida yashovchi 2002 yilda tugʻilgan fuqaro doʻstlari bilan tumandagi “Imom ota” dam olish maskaniga sayr qilishga chiqqanligi va kutilmaganda togʻ tepaligidan pastga qulab ketganligini maʼlum qilgan. Qutqaruv ishlarida amaliy yordam berishni soʻragan.

Chaqiruv boʻyicha boshqarma boshligʻi rahbarligida Qutqaruv otryadining 5 nafar qutqaruvchisi 2 ta texnikada tezkorlik bilan koʻngilsiz hodisa yuz bergan joyga borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borishgan. Qidiruv ishlariga yoʻqolgan fuqaroning dam olishga birga chiqqan 3 nafar hamrohi, dam olish maskani ishchilari, mahalliy aholi vakillari hamda tuman ichki ishlar boʻlimi xodimlari jalb etilgan.

“Oʻz vaqtida va astoydil olib borilgan qidiruv ishlari natijasida yoʻqolgan yigit ertasi kuni soat 10.00da togʻli hududda behush holda topildi”, - deyiladi xabarda.

1 / 4
Sotrudniki MCHS spasli rebenka, upavshego s gorы v Andijane

Ehtiyotizlik oqibatida jabrlangan fuqaroga voqea joyida birinchi tibbiy yordam koʻrsatilib, Xoʻjaobod tumani shoshilinch tez yordam boʻlimiga yuborilgan.

Taʼkidlanishicha, uning bosh va oʻng qoʻl elka aralash qismida shikastlanishlar borligi aniqlangan va ayni paytda uning salomatligi qoniqarli ahvolda va tibbiy xodimlar nazoratida.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkentning Olmazor tumanida sobiq IIBB xodimi suvda choʻkayotgan ayol va uning ikki qizini qutqarib qolgani haqida xabar qilgan edik.

Asosiy mavzular