13:14 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Hodisalar
Havola olish
570 0 0

Bankka topshirilgan 29 ming yevro pul mablagʻlari qalbaki ekanligi aniqlangan.

TOSHKENT, 19 apr – Sputnik. Departamentning Mirobod tuman boʻlimi hamda tuman IIB xodimlari hamkorlikda, bank tomonidan berilgan xabarga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshirishda, fuqaro A.Z. tomonidan ATB “Asaka bank” Yunusobod filialiga milliy valyutaga ayriboshlash uchun taqdim etilgan 58 dona 500 yevro kupyuralik, jami 29 ming yevro pul mablagʻlari qalbaki ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.Z.ga nisbatan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 176-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Fargʻonada 5000 AQSH dollarini qalbakilashtirgan shaxslar qoʻlga olingandi.

“Tekshirish jarayonida fuqaro X.X.da qalbaki 50 dollarlik kupyuralardan iborat 100 dona, jami 5000 AQSH dollari mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan, shuningdek, X.X. ushbu qalbaki dollarlarni fuqaro X.T.dan olganligini maʼlum qilgan”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, oʻtkazilgan ekspertiza ushbu qalbaki AQSH dollarlari kompyuter vositasida rangli printer yordamida tayyorlanganligi aniqlagan.

Asosiy mavzular