04:29 25 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Mashina posle DTP. Illyustrativnoye foto

Jizzaxda “Damas” yuk avtomashinasi bilan toʻqnashdi: ikki kishi halok boʻldi

CC0 / pixabay
Hodisalar
Havola olish
365 0 0

Fuqaro yoʻl chetida toʻxtab turgan “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasining orqa qismiga urilib toʻqnashuv sodir etgan.

TOSHKENT, 19 apr – Sputnik. Jizzax viloyatida “Damas” va yuk avtomashinasi toʻqnashuvi oqibatida ikki kishi halok boʻldi.

Oʻzbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar qilishicha, Jizzax viloyatining SH.Rashidov tumanida 18 aprel kuni fuqaro boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinani “Toshkent-Termiz” yoʻlining 971-km.da haydab ketayotgan vaqtda yoʻl chetida toʻxtab turgan fuqaro boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasining orqa qismiga urilib toʻqnashuv sodir etgan.

“Natijada “Damas” avtomashinasi haydovchisi N.N. va uning yoʻlovchisi 25 yoshli A.B.lar jarohat olib voqea joyida vafot etganlar”, - deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular