20:38 12 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
DTP v Kordayskom rayone Jambыlskoy oblasti, gde pogibli 11 chelovek

Qozogʻistonda yuz bergan YTH qurbonlari kimlar - Oʻzbekiston bosh konsulligi axboroti

© OO "OSA" (Ofitsialnaya gruppa)
Hodisalar
Havola olish
1299 0 0

Uch nafar oʻzbekistonlik ogʻir holatda kasalxonaga tushgan

TOSHKENT, 20 apr - Sputnik. Jambul viloyatida yuz bergan YTH natijasida 11 kishi halok boʻldi, ular orasida 7 nafari Qozogʻiston fuqarosi, uch nafari oʻzbekistonlikdir, avariyaning yana bir qurboni shaxsi aniqlashtirilmoqda. Bu haqda Olma-otadagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh konsulligining mehnat migratsiyasi boʻyicha attashesi xabar berdi.

Halok boʻlganlar roʻyxatida 1993 yilda tugʻilgan Abduhalikov Oʻrinboy Mirxamitovich, 1988 yilda tugʻilgan Kalmuratov Alisher Saparbayevich va 1972 yilda tugʻilgan Yermekbayeva Dilorom bor.

Diplomatik vakolatxona jabrlangan vatandoshlarning toʻliq roʻyxatini eʼlon qilgan: Uljabayev Abbos 1994 yilda tugʻilgan; Xayitbayev Omirbek 1988 yilda tugʻilgan; Abdusatirov Zavodbek 1999 yilda tugʻilgan; Jumaniyozov Marxamat 1996 yilda tugʻilgan; (ogʻir ahvolda) Axmetova Radmila 1994 yilda tugʻilgan; (ogʻir ahvolda) Matirjonov Otabek Abdullevich 1985 yilda tugʻilgan; Seytmuratov Dosjan Dauletovich 1987 yilda tugʻilgan; Xaydarov Sardar Amarbekoʻgʻli 1994 yilda tugʻilgan; Ilyasov Maris 1974 yilda tugʻilgan; (ogʻir ahvolda) Islameddinov Abduxattar oʻgʻli 1997yilda tugʻilgan; Mombetov Nasreddin 1971 yilda tugʻilgan; Japarov Shodlik Maxsudovich 1984 yilda tugʻilgan.

DTP v Kordayskom rayone Jambыlskoy oblasti, gde pogibli 11 chelovek
DTP v Kordayskom rayone Jambыlskoy oblasti, gde pogibli 11 chelovek

Sal oldin Qozogʻiston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev oʻzining Twitterdagi mikroblogida, avariya oqibatida 11 nafar oʻzbekistonlik halok boʻlgani haqida xabar bergan edi.

Dahshatli avariya Olma-Ota - Toshkent trassasining 181-kilometrida 20 aprel kuni tong sahar soat beshda yuz bergan. Toyota avtomobili xuddi shu yoʻnalishda harakatlanayotgan yuk mashinasi bilan yoʻlni boʻlisholmagan. Trassada harakatlanib borayotgan yoʻlovchi avtobusi avariyaga uchragan avtomobil bilan toʻqnashuvning oldini olaman deb, manevrni amalga oshirgan va agʻdarilgan.

Asosiy mavzular