13:54 24 May 2019
Efir
  • RUB131.06
  • EUR9439.00
  • USD8460.92
Rabota vnevedomstvennoy oxranы moskovskoy politsii

Oʻzbekistonda qidiruvga berilgan jinoyatchi Rossiyada qoʻlga olindi

© Sputnik / Kirill Kallinikov
Hodisalar
Havola olish
473 0 0

Fuqaro jinoyat sodir etganligi uchun Sergeli tumani IIO FMB tomonidan qidiruvga eʼlon qilingan.

TOSHKENT, 22 apr — Sputnik. Oʻzbekstonlik Rossiya Federatsiyasi hududida Toshkent shahar IIBBning soʻroviga koʻra qoʻlga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Maʼlum boʻlishicha, 25 yoshli namanganlik Islomjon I. Oʻzbekiston JK 169-moddasi (“Oʻgʻrilik”) va 227-moddasida (“Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish”) koʻzda tutilgan jinoyatni sodir etganligi uchun Sergeli tumani IIO FMB tomonidan qidiruvga eʼlon qilingan

Qoʻlga olingan shaxsga nisbatan sud hibsga olish ehtiyot chorasini qoʻllagan.

Xabarda qoʻlga olingan shaxs Oʻzbekistondan chetda boʻlganligiga qaramasdan, uning turar joyi Toshkent shahar IIBB xodimlarining rossiyalik hamkasblari bilan yoʻlga qoʻyilgan hamkorliklari natijasida aniqlangani taʼkidlangan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq joriy yil boshidan beri tergov va suddan qochib yurgan 9 kishi Rossiyadan Toshkentga yuborilgani haqida xabar qilgan edik.

Asosiy mavzular