13:54 24 May 2019
Efir
  • RUB131.06
  • EUR9439.00
  • USD8460.92
Evakuatsiya postradavshego v Kashkadarinskoy oblasti vertoletom

Traktor agʻdarilishi natijasida jabrlangan fuqaroni qutqarish uchun vertolyot chaqirildi

© MCHS Uzbekistana
Hodisalar
Havola olish
321 0 0

Dehqonobod tumanida fuqaro boshqaruvidagi traktori bilan dala maydoniga ekin ekish vaqtida surunkali yomgʻir yogʻishi hamda texnika xavfsizligiga qoidalariga rioya qilmasligi oqibatida agʻdarilib ketgan.

TOSHKENT, 25 apr — Sputnik. Oʻzbekiston FVV xodimlari Qashqadaryo viloyatida traktor agʻdarilishi natijasida jabrlangan ogʻir ahvoldagi fuqaroga yordam koʻrsatishdi. Uni qutqarib qolish uchun MI-171 vertolyoti ajratildi.

Qutqaruvchilarning maʼlum qilishicha, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida fuqaro boshqaruvidagi traktori bilan dala maydoniga ekin ekish vaqtida surunkali yomgʻir yogʻishi hamda texnika xavfsizligiga qoidalariga rioya qilmasligi oqibatida agʻdarilib ketgan.

Evakuatsiya postradavshego v Kashkadarinskoy oblasti vertoletom
Evakuatsiya postradavshego v Kashkadarinskoy oblasti vertoletom

Natijada ogʻir tan jarohati olgan fuqaro Oqqishloq aholisi tomonidan zaruriy tibbiy yordam koʻrsatish uchun qishloq vrachlik punktiga olib borilgan. Mutaxassislarning koʻrigi natijasida, jabrlanganga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish lozimligi aniqlanib, bemorni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialiga etkazish ehtiyoji yuzaga kelgan.

Biroq noqulay ob-havo, yoʻllardagi nosozlik, qolaversa, qishloq va tuman markazi oʻrtasidagi olis masofa tufayli bemorga zudlik bilan yordam koʻrsatish imkoniyati yoʻq edi.

“Shu munosabat bilan, Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining murojaati asosida Janubi-Gʻarbiy alohida harbiy okrug tomonidan bemorni evakuatsiya qilish uchun Mudofaa vazirligiga tegishli MI-171 vertolyoti ajratilib, fuqaro B.M. qutqaruvchilar nazorati ostida Qarshi shahridagi Xonobod aerodromiga etkazilgan”, - deyiladi FVV xabarida.

Evakuatsiya postradavshego v Kashkadarinskoy oblasti vertoletom
Evakuatsiya postradavshego v Kashkadarinskoy oblasti vertoletom

Taʼkidlaniicha, bemor aerodrom hududidan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialiga etkazildi. Hozirgi vaqtda bemorga barcha zaruriy ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatilmoqda.

Asosiy mavzular