00:55 14 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Ruki v naruchnikax

Bosh prokuratura: departamentning soxta xodimlari qoʻlga tushdi

© fotolia
Hodisalar
Havola olish
396 0 0

Prokuratura organlari tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

TOSHKENT, 25 apr – Sputnik. Departamentning soxta xodimlari ushlandi, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi va Yuqorichirchiq tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan hamkorlikda “A.B.” MCHJ ish boshqaruvchisi M.M.ning arizasiga asosan tezkor tadbir oʻtkazildi.

“Aslida “K.I.” MCHJda haydovchi boʻlib ishlovchi fuqaro R.N. “M” kafesiga ovqatlanish maqsadida kirib, taomlarni sifatidan noroziligi va kafega kelgan mijozlarga NKM cheki berilmayotganligini vaj qilib, oʻzini “Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi xodimi Rustam” deb tanishtirib, gʻaznada turgan NKM apparati va kafega tegishli boʻlgan tibbiy daftarchani olib qoʻyib, ushbu holatlar yuzasidan bayonnoma rasmiylashtirmaslik va jarimaga tortmaslik evaziga firibgarlik yoʻli bilan oʻzining jinoiy sherigi, hech qayerda ishlamaydigan fuqaro A.R. orqali 1 mln. soʻm olgan vaqtida Departament organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan”, - deyilgan xabarda.  

Mazkur holat yuzasidan R.N. va A.R.larga nisbatan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

“Agarda yuqoridagi kabi holatlarga duch kelsangiz yoki Sizga nomaʼlum shaxslar oʻzini Departament xodimi deya tanishtirib, taʼmagirlik qilayotgan boʻlsa Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining qisqa raqamli 10-07 yoki Departamentning 71-233-10-07 raqamli tunu-kun ishlovchi ishonch telefonlariga murojaat etishingizni soʻraymiz”, - deb qoʻshimcha qilingan xabarda.

Asosiy mavzular