07:41 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
V Sheremetyevo zagorelsya passajirskiy samolet. Sʼyemka ochevidtsa

Sheremetyevo aeroportida "Aeroflot"ga qarashli samolyot yonib ketdi – video

RIA Novosti
Hodisalar
Havola olish
Sheremetyevodagi mudhish aviahalokat (8)
128901

Tergov qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, voqea oqibatida 13 kishi, shulardan 2 nafar bola halok boʻlgan.

TOSHKENT, 5 may  — Sputnik. Moskvadagi “Sheremetevo” aeroportida Murmansk shahriga ketayotgan Sukhoi Superjet 100 yoʻlovchi samolyoti favqulodda qoʻnishni amalga oshirayotgan vaqtda yonib ketdi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Xabarda aytilishicha, Moskvadan Murmanskka parvoz qilayotgan Sukhoi Superjet 100 yoʻlovchi samolyoti Sheremetyevo aeroportiga qaytishiga toʻgʻri kelgan. 

RIA Novosti
V Sheremetyevo zagorelsya passajirskiy samolet. Sʼyemka ochevidtsa

"Aeroflot"ga qarashli samolyot havoga koʻtarilgandan birozdan keyin qoʻnishga ruxsat soʻragan. Bunga samolyot qanotining yonayotgani sabab boʻlgan.

Layner aeroportdan Moskva vaqti bilan 18:00da uchgan, soʻngra Moskva viloyati ustida bir necha marta aylanib, keyin keskin pasaya boshlagan.

Samolyot 18:40da qoʻnishni amalga oshirgan.  

Yongʻin qoʻngan samolyotni qamrab olgan, yoʻlovchilar havo kemasini shoshgancha tark eta boshlashgan.

Tergov qoʻmitasida maʼlum qilinishicha, voqea oqibatida 13 kishi, shulardan 2 nafar bola halok boʻlgan, 6 kishi jarohat olgan. Yoʻlovchilarning bir qismi taqdiri nomaʼlumligicha qolmoqda.

Voqea joyiga kamida 10 ta tez tibbiy yordam mashinasi yoʻnaltirilgan. 

Maʼlumotlarga koʻra, samolyotda 73 yoʻlovchi va 5 kishidan iborat ekipaj boʻlgan.

Ayni vaqtda yongʻin oʻchirilgan.

Tergov qoʻmitasi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. 

Mavzu:
Sheremetyevodagi mudhish aviahalokat (8)

Asosiy mavzular