14:06 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Dobыcha soka maka dlya opiuma

Qashqadaryoda giyohvand oʻsimligini xufyona tarzda yetishtirib kelayotgan xonadon fosh etildi

© Sputnik / Sergey Jukov
Hodisalar
Havola olish
450 0 0

Xonadonda 68 tup “Koʻknor” giyohvand oʻsimligini yashirin tarzda yetishtirayotgani aniqlandi.

TOSHKENT, 7 may - Sputnik. Qashqadaryo viloyatida giyohvand oʻsimligini xufyona tarzda yetishtirib kelayotgan xonadon fosh etildi. Bu haqda Davlat bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xabarda qayd etilishicha, viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan Kasbi tumanida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Tadbir davomida fuqaroning yashash xonadoni belgilangan tartibda koʻzdan kechiriladi.

“Xonadonning hovli qismida alohida toshlar bilan ajratib, hosili yaxshi boʻlishi uchun oʻgʻitlar berilib ishlov berilgan yerda 68 tup “Koʻknor” giyohvand oʻsimligini yashirin tarzda yetishtirayotgani aniqlandi”, - deyiladi xabarda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular