O‘z ish joyida vahshiylarcha o‘ldirilgan o‘zbekistonlik ayol vatanda dafn etildi

© Sputnik / Pavel Lvov / Mediabankka o‘tishSveti, svechi i igrushki v aeroportu Murmanska v pamat o jertvax vozgoraniya na bortu samoleta aviakompanii "Aeroflot" Superjet 100
Sveti, svechi i igrushki v aeroportu Murmanska v pamat o jertvax vozgoraniya na bortu samoleta aviakompanii Aeroflot Superjet 100 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Marhumaning uch nafar farzandi – Rossiya fuqarolari Tula viloyatida o‘z otalari – Rossiya fuqarosi qaramog‘ida qolgan

TOShKENT, 8-may - Sputnik. Rossiyada o‘z ish joyida vahshiylarcha o‘ldirilgan o‘zbekistonlik U. Egamurotovaning jasadi, vatandosh sifatida, O‘zbekistonga yetkazildi hamda 2-may kuni dafn etildi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot-xizmati.

Otkritoe okno - Sputnik O‘zbekiston
TIV Rossiyada 3 yoshli O‘zbekiston fuqarosi derazadan yiqilib halok bo‘lganini tasdiqladi

Xabarda aytilishicha, marhuma kelib chiqishiga o‘zbekistonlik bo‘lib, 2011-yilda doimiy yashash joyini Rossiyaga ko‘chirgan hamda Rossiya Fedratsiyasi fuqaroligini olib O‘zbekiston fuqaroligidan voz kechgan.

Shunga qaramay, 2019-yilning 1-may kuni U.Egamurotovaning jasadi, vatandosh sifatida, O‘zbekistonga yetkazilgan va dafn etilgan. Jasadni jo‘natish va dafn etish harajatlarini rossiyalik ish beruvchi o‘z zimmasiga olgan. Marhumaning 3 nafar farzandi – Rossiya fuqarolari Tula viloyatida o‘z otalari – Rossiya fuqarosi qaramog‘ida qolgan.

Ayni paytda Tula viloyati Tergov boshqarmasi Uzlovaya shahri tergov bo‘limi tomonidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismida ko‘zda tutilgan jinoyat (odam o‘ldirish) alomatlari bo‘yicha ochilgan jinoyat ishining tergov jarayonlari davom etmoqda. 

Mazkur jinoyatni sodir etganlikda gumonlanayotgan Rossiya fuqarosi qamoqqa olingan. Ayni paytda u bilan tergov ishlari olib borilmoqda va u Rossiya Jinoyat kodeksi doirasida o‘z qilmishiga yarasha jazo oladi.

O‘zbekistonning Moskva shahridagi Elchixonasi konsullik bo‘limi Tula viloyati Uzlovaya shahrida fuqaro U.Egamurotovaning o‘ldirilishi bilan bog‘liq vaziyatni kuzatib borishda davom etmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0