10:43 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Zolotыe monetы

Rossiya imperiyasi davridagi oltin tangalarni sotganlar qoʻlga tushdi

© Sputnik / Vladimir Vyatkin
Hodisalar
Havola olish
432 0 0

Jami 7 dona oltin tangalarni 29,4 million soʻmga noqonuniy ravishda sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

TOSHKENT, 8 may – Sputnik.  Bosh prokuratura matbuot xizmati Qashqadaryoda Rossiya imperiyasi davridagi oltin tangalarni noquniy sotish holati yuzasidan xabar qildi.

 Xabarda aytilishicha, Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar A.B., Q.D. va M.SH.lar “Imperator Nikolay-I” tamgʻali 10 nominal qiymatdagi oltin tangalarni har birini 4,2 million soʻmdan hisoblab, jami 7 dona oltin tangalarni 29,4 million soʻmga noqonuniy ravishda sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar A.B. va boshqalarga nisbatan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Asosiy mavzular